Yer qaʼridan foydalanish markazining faoliyat maqsadlari: yer qaʼridan foydalanish, tog‘-kon sanoati, geologiya va sanoat xavfsizligi hamda yer osti boyliklari to‘g‘risidagi geologik va boshqa axborotlarning davlat fondini yuritish, yer osti boyliklarini geologik jihatdan o‘rganishga oid ishlarni davlat hisobiga olish va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, foydali qazilmalar konlari, namoyonlari va texnogen mineral hosilalarning davlat kadastrini yuritish, mineral xomashyoning barcha turlari bo‘yicha O‘zbekistan Respublikasining foydali qazilma zaxiralarining davlat balansini yuritish va nashr etish, hamda rakamli interaktiv elektron platformalar va hududiy muloqot markazlarini tashkil etish orqali sohada korrupsiyaning oldini olish va shaffoflikni taʼminlash, aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay muhit yaratgan holda, yer qaʼridan foydalanish sohasida sifatli davlat xizmatlarini ko‘rsatish;