Navoiy uran laboratoriyasi

Web sayt

Navoiy uran laboratoriyasi

Navoiy Uran Laboratoriyasi — O‘zbekistonning uran qazib chiqarish sohasidagi muhim bo‘g‘inlardan biri bo‘lib, xom-ashyodan tortib yakuniy tahlil natijalarigacha bo‘lgan butun jarayonni raqamlashtiradi. Platforma qazib olish, namunalarni laboratoriyada tekshirish va hisobotlarni avto-generatsiya qilishni yagona ekotizmga birlashtiradi.

Asosiy vazifalar
Uran qazib chiqarish va laboratoriya ma’lumotlarini yig‘ish

Kon dan olinadigan har bir namuna avtomatik ravishda tizimga kiritiladi.

O‘lchovlar (radioaktivlik, namlik, rudaning tarkibi va h.k.) real vaqt rejimida markaziy bazaga uzatiladi.

Ma’lumotlarni chuqur tahlil qilish

PostgreSQL ustida ko‘p bosqichli analitik so‘rovlar va materialized view’lar yordamida xom-ashyodan tayyor konsentratgacha bo‘lgan o‘zgarishlar kuzatib boriladi.

Kimyoviy analiz, gamma-spektrometrik natijalar va ekologik ko‘rsatkichlar yagona grafik ko‘rinishda vizuallashadi.

Xisobotlarni shakllantirish

Laravel’ning queue va scheduling mexanizmlari orqali kunlik, haftalik va oy yakuniy PDF/Excel hisobotlari avtomatik tayyorlanadi.

Ruxsat darajasiga qarab PDF’lar imzolanadi, versiya nazorati yuritiladi va audit log’lar saqlanadi.

To‘liq avtomatlashtirilgan jarayon

Sxema “Kon → Laboratoriya → Analiz → Hisobot → Boshqaruv” bo‘yicha ketma-ket trigger va webhook’lar bilan bog‘langan.

Operator xatosini minimal darajaga tushirish uchun har bir bosqichda verifikatsiya va e’lon qilish modullari mavjud.

Texnologiyalar to‘plami

Qatlam Texnologiyalar Vazifasi
Backend Laravel 11, PHP 8.3 API, biznes-mantiq, queue, sheduler, RBAC
Ma’lumot ombori PostgreSQL 16 + Timescale Extension Analitik va vaqt qatori ma’lumotlarini tezkor qayta ishlash
Frontend Blade + Livewire (SPA elementlari) Operator paneli, real-time dashboardlar
Integratsiya Webhook, REST, CSV import/export Uskuna sensori, ERP va hukumat portaliga ma’lumot almashish. CI/CD GitHub Actions + Docker Test, build, deploy jarayonlarini avtomatlashtirish
Ma’lumot modeli – Namuna → Partiya → Analiz → Hisobot ketma-ketligini normalizatsiya qilish.

Xavfsizlik – Laravel-sanctum JWT, row-level security va audit log middleware’lari.

Natija
40 % tezroq hisobot tayyorlash va operatorlarga qo‘shimcha vaqt tejash.

Ma’lumotlar aniqligini 99 % gacha oshiruvchi ikki bosqichli verifikatsiya.

Ekologik va texnik nazorat idoralari uchun real vaqt monitoring paneli joriy etildi.

Kon-laboratoriya-boshqaruv bo‘g‘inlari o‘rtasida qog‘ozsiz ish jarayoni.

Loyiha dezayneri

Foziljon Solijonov

Loyha dasturchisi

Sarvar Abdug’aniev

Sayt haqida ma'lumot

Mijoz haqida ma'lumot

Navoiy uran laboratoriyasi

Topshirilgan vaqti

27.08.2024

Kategoriyasi

Web sayt