Ijtimoiyinspeksiya

Ijtimoiyinspeksiya

ijtimoiyinspeksiya.uz – Ijtimoiy xizmatlar nazoratining raqamli platformasi

ijtimoiyinspeksiya.uz – O‘zbekiston Respublikasida aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarni tizimli nazorat qilish, baholash va monitoring qilish uchun yaratilgan raqamli davlat platformasidir. Mazkur platforma ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshirish va shaffofligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Platformaning asosiy modullari va xizmatlari:

Statistik Ma’lumotlar va Monitoring

Qulay muhit: Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar haqida statistika.

Katta yoshdagilar: Qariyalar va faxriylar uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlarning monitoringi.

Korrupsiyaga qarshi kurash: Ijtimoiy xizmatlar sohasidagi korrupsiya holatlarini kuzatish va baholash.

Voyaga yetmaganlar: Voyaga yetmagan bolalar bilan ishlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning monitoring va baholash tizimi.

Inspeksiya haqida batafsil ma’lumot

Ijtimoiy inspeksiyaning vazifalari, funksiyalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida batafsil va tushunarli ma’lumotlar.

Inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha elektron hisobotlar va natijalar.

Normativ-huquqiy hujjatlar

Ijtimoiy xizmatlar nazorati bilan bog‘liq barcha qonunlar, qarorlar va boshqa normativ hujjatlar jamlangan elektron kutubxona.

Hujjatlarni qulay tarzda qidirish va yuklab olish imkoniyati.

Multimedia (Video va Rasmlar)

Inspeksiya tomonidan amalga oshirilgan tadbirlar, seminarlar va uchrashuvlar aks ettirilgan video hamda foto arxiv.

Yangiliklar va E’lonlar

Ijtimoiy xizmatlar va inspeksiya faoliyatiga doir eng dolzarb yangiliklar, e’lon va press-relizlar.

Kontakt Ma’lumotlari

Inspeksiya markaziy va hududiy bo‘limlarining aloqa ma’lumotlari, manzillari va interaktiv xaritalar.

Virtual qabulxona orqali murojaat qilish, savollarga tezkor javob olish imkoniyatlari.

Platformaning Ijtimoiy va Davlat Ahmiyati

Aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va shaffofligini oshirish orqali fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish.

Davlat va jamiyat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va fuqarolarning davlat xizmatlariga bo‘lgan ishonchini orttirish.

Korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib borish va ijtimoiy sohadagi ishlarni optimallashtirishga ko‘maklashish.

Texnologik xavfsizlik va qulay interfeys

Zamonaviy xavfsizlik protokollari bilan jihozlangan platforma, foydalanuvchi ma’lumotlarini maksimal darajada himoyalash.

Mobil qurilmalar uchun moslashtirilgan responsiv dizayn va qulay interfeys.

Platforma boshqaruvi admin panel orqali dasturchi aralashuvisiz amalga oshiriladi.

ijtimoiyinspeksiya.uz – bu davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning samaradorligini oshirishga, jamiyatda ijtimoiy adolat va tenglikni mustahkamlashga xizmat qiluvchi innovatsion raqamli tizimdir.

Loyiha dezayneri

Foziljon Solijonov

Loyha dasturchisi

Jamshidbek Axliddinov

Sayt haqida ma'lumot

Mijoz haqida ma'lumot

Topshirilgan vaqti

Kategoriyasi