"IT Works" kompaniyasi, tashkil topgan 2019 yildanoq innovatsion texnologiyalar orqali mijozlarga raqamli olamda o’z faoliyatini kengaytirish, bizneslarini qulay, xavfsiz va ayni damda imkon qadar samarali olib borish imkonini taqdim etishni o’z oldiga asosiy maqsad qilib belgilagan.
Bizning asosiy ixtisoslashuv sohamiz —katta xajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash va biznes jarayonlarni avtomatlashtirishga xizmat qiluvchi axborot tizimlarini loyihalarshtirish, ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy qilishdir.
Shuningdek "IT Works" kompaniyasi web sayt, mobil ilova yaratish, CRM va ERP tizimlari ishlab chiqish va internet marketing xizmatlari orqali O’zbekiston IT xizmatlari bozorida o’z o’rnini munosib egallagan.
6 yillik davr mobaynida turli davlat boshqaruv idoralari, vazirliklar va yirik kompaniyalar bilan samarali hamkorlik aloqalarini o’rnatib, ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirib kelmoqdamiz.
Biz mijozlarimizning ehtiyojlarini chuqur tahlil qilgan holda innovatsion yechimlar orqali ularning biznes maqsadlariga erishishga yordam beramiz. Har bir mijozga individual yondashamiz va har bir loyihaga o‘ziga xos, yangicha g‘oya va echimlarni taklif etamiz.
Zamonaviy va takrorlanmas web saytlar ishlab chiqish;
Turli mobil ilovalar va funksional Telegram botlar yaratish;
CRM va ERP tizimlar orqali biznesingizni tizimlashtirish;
Texnologiyalar yordamida biznesingizni raqamlashtirish va jarayonlarni avtomatlashtirishda sizga yordam beradi.
Mijozning roziligi,halollik hamda sifat biz uchun doim birinchi o’rinda turadi.Bizning qadriyatlarimiz nafaqat kompaniya ichida,balki, mijozlar bilan ishlashda ham doimo asosiy yo’lboshlovchi bo'lib xizmat qiladi.
Texnologiya hech qachon bir yerda qatib turmaydi. "IT Works" ham Damon bilan bir nafasda o’z bilimlarini doimiy yangilab,yangi bilimlarni doimiy o’rganadi va zamonaviy texnologiyalarni tadbiq gilishga intiladi. Bu bizga mijozlarimizga ilg'or va samarali yechimlar taklif qilish imkonini beradi.
Kompaniyamizni nafaqat sifatli xizmat ko'rsatuvchi kompaniya sifatida, balki IT sohasida ishonchli va innovatsion hamkor sifatida yetakchi o'ringa ko’tarishdir. Biz doimo mijozlarimizning ishonchini qozonishga va raqamli dunyoda ularning muvaffaqiyatli rivojlanishiga ko'mak berishga tayyormiz.